Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Forum/Takliflar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoidalar   Texnik savollar   Takliflar   Yangiliklar   Yordam
Bu boʻlim qoidalar bilan bogʻliq boʻlmagan takliflar uchun moʻljallangan.

Arxiv



Oʻzbekcha Vikipediyaning asosiy logosi

[manbasini tahrirlash]
Oʻzgartirilgan logoning koʻrinishi. Turkcha Vikipediya foydalanuvchisi Kurmanbekka rahmat

Hormanglar! Ayni damda qoʻllanilayotgan logomizda imloviy xato bor. Oʻzbek tilining qoidalari boʻyicha „ensiklopediya“ soʻzi kichik harf bilan yozilishi kerak. Qarang: https://lex.uz/docs/1625271#1626120. Xususan, „Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi: Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi“. (Sovet davrida ishlab chiqilgan qoidalar rus tilidan olingan boʻlib, ruscha, qozoqcha va qirgʻizcha Vikipediyalardagi logolarda bu soʻz kichik harf bilan yozilgan).

Shuningdek, „ochiq“ emas, „erkin“ deb yozish taklif qilinadi. Shunda shiorimiz „Erkin ensiklopediya“ boʻladi. Quyida bu taklif boʻyicha ovoz berishingizni va fikr bildirishingizni soʻrayman. — Bu xabarni Nataev (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

  1.  Roziman – Mirishkorlik (munozara) 15:26, 24-Dekabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman – Axadjon1 (munozara) 15:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)
  3. Ikkala taklifga ham  Roziman. Jamshid Nurqul (munozara) 15:38, 24-Dekabr 2023 (UTC)
  4.  Roziman – yaxshiki, Vikipediya bilan kurashib yurgan ayrim shaxslar koʻrmagan bu kabi kamchiliklarni) Alpasli (munozara) 15:41, 24-Dekabr 2023 (UTC)
  5.  Roziman. Bosh sahifa mukammal boʻlishi kerak. Umarxon III (munozara) 15:54, 24-Dekabr 2023 (UTC).
  6.  Roziman – Ibrohimjon 16:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)
  7.  Roziman – qoʻllab-quvvatlayman. Salazarov(gaplashuvuza?) 06:30, 8-Aprel 2024 (UTC)
  8.  Roziman – Yaxshi oʻylangan taklif. ANJANIY#gurung 09:04, 5-May 2024 (UTC)
  9.  Roziman – Lili (suhbat) 23:54, 6-Iyul 2024 (UTC)
  10.  RozimanDiloromxon 00:02, 7-Iyul 2024 (UTC)
  11.  Roziman – BEKIPEDIYA [munozara] 05:46, 7-Iyul 2024 (UTC)
  12.  Roziman – Ushbu taklifni qoʻllab-quvvatlayman. UzbekistanWikiEditor (munozara)
  13.  Roziman. Humoyun Qodirov (munozara) 17:50, 9-Iyul 2024 (UTC)
  14.  Roziman – 7Rapunzel (munozara) 13:40, 10-Iyul 2024 (UTC)
  15.  Roziman – Devona Jovliyev (munozara) 13:44, 10-Iyul 2024 (UTC)
  16.  Roziman – Hasan Xamidovich (munozara) 18:08, 10-Iyul 2024 (UTC)
  17.  Roziman – Artemev Nikolay (munozara) 10:22, 12-Iyul 2024 (UTC)
  18.  Roziman Javoxir Yorqulov (munozara) 17:39, 12-Iyul 2024 (UTC)
  19.  Roziman – qoʻllab-quvvatlayman. Rabiga Shabatova (munozara) 18:05, 12-Iyul 2024 (UTC)
  20.  Roziman – Qoʻllab-quvvatlayman. Komilhuja 18:40, 12-Iyul 2024 (UTC)
  21.  Roziman – Muxriddin Azimov (munozara) 18:49, 12-Iyul 2024 (UTC)
  22. Ikkala taklifni ham qoʻllab quvvatlayman.  Roziman. Miss Kamola (munozara) 01:12, 13-Iyul 2024 (UTC)
  23.  Roziman MrShaxas #Munozaracha 20:26, 12-Iyul 2024 (UTC)
  24.  Roziman. Nataeva munozara 02:40, 13-Iyul 2024 (UTC)
  25.  Roziman – Qoʻllab quvvatlayman Zarifboyev (munozara) 03:10, 13-Iyul 2024 (UTC
  26.  Roziman – PanPanChik #yozish 04:42, 13-Iyul 2024 (UTC)
  27.  Roziman – Assalomu alaykum, Logoda xatolik boʻlsa, albatta, uni tuzatishga rozilik bildiraman. Aytgancha, havola oʻzbekcha vikipediyaning emas, balki ruscha vikipediyaning logosiga berilibdi. – Visola Tangirova(menga yozish!) 05:20, 13-Iyul 2024 (UTC)
    Link chindan xato ekan. Tuzatib qoʻydim. Rahmat! Nataev munozara 14:20, 16-Iyul 2024 (UTC)
  28.  Roziman Logoni yangilash va xatoliklarini toʻgʻirlash yaxshi fikr. Tushunishim boʻyicha logoning asosiy oʻzagi oʻzgarmaydi, undagi kichik elementlar oʻzgaradi. Bir taklifim bor edi, logoni almashtirish masalasiga ish boshlangan ekan oramizdagi dizaynerlikga qobiliyati borlar bilan yangi gʻoyalar qilib logoning yangi va oʻzgacha variantlarini ham yaratib koʻrilsa, balki bundanda yaxshiroq variantlar paydo boʻlar. Panda D (munozara) 08:45, 13-Iyul 2024 (UTC)
  29.  Roziman Doniyor Yóldoshev (munozara) 10:31, 13-Iyul 2024 (UTC)
  30. Xatolar tuzatilishiga  Roziman. Kagansky munozara 12:46, 16-Iyul 2024 (UTC)
  31.  Roziman   Mirzoulugʻbek |@  15:01, 17-Iyul 2024 (UTC)

Hammaga rahmat! Phabricatorda soʻroq yaratdim. Nataev munozara 14:36, 16-Iyul 2024 (UTC)

Imzo qoʻyganda avtomatik paydo boʻluvchi sana formatini oʻzgartirish

[manbasini tahrirlash]

Hammaga salom, baʼzi andozalardagi sana formatini oʻzgartirishimiz kerak, menimcha buni faqat interfeys administratorlari qila oladi, munozaralarda imzo qoʻyganda avtomatik paydo boʻladigan sananing formati hozirda „22-yanvar 2024“ (KK-oy YYYY) koʻrinishida, shuni „2024-yil 22-yanvar“ (YYYY-yil KK-oy) koʻrinishidagi formatga oʻtkazsak oʻzbekcha boʻlardi. Bu borada kim qanday fikrda?
Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 00:04, 23-Yanvar 2024 (UTC)

  1. Oʻzbekchalashtirish siyosatimizga mos. Imkoni boʻlsa, men qarshi emasman. Salazarov 03:51, 23-Yanvar 2024 (UTC)
  2. Bu borada Vikipediya tashqarisida ham ayrim tanqidlarni eshitgandim. Tuzatilsa, ancha maqbul boʻlardi deb oʻylayman. Shu boisdan  Roziman. Alpasli (munozara) 07:55, 23-Yanvar 2024 (UTC)
  3. Juda ajoyib ish boʻlardi. Anchayin tushunarli va oʻzbekcha. Mirishkorlik (munozara) 14:07, 27-Yanvar 2024 (UTC)
  4.  Roziman. Nataev munozara 17:29, 14-Fevral 2024 (UTC)
  5.  Roziman. — Kagansky munozara 17:42, 14-Fevral 2024 (UTC)
  6.  Roziman. — Muxriddin Azimov (munozara) 18:47, 14-Fevral 2024 (UTC)
  7.  Roziman. Ibrohimjon 02:51, 15-Fevral 2024 (UTC)
  8.  Roziman.   Mirzoulugʻbek |@  22:00, 2-Aprel 2024 (UTC)
  9.  Roziman Men qo'llab quvvatlayman. MrShaxas #Munozaracha 10:48, 4-May 2024 (UTC)
  10.  Roziman. Sanalar, xususan, maqolalarda ham K/O/Y koʻrinishida emas, balki Y/K/O koʻrinishida beriladi. ANJANIY#gurung 09:09, 5-May 2024 (UTC)
  11.  Roziman. Humoyun Qodirov (munozara) 17:49, 9-Iyul 2024 (UTC)
  12.  Roziman — Qoʻllab-quvvatlayman. Devona Jovliyev (munozara) 13:47, 10-Iyul 2024 (UTC)
  13.  Roziman„Davlat tilida ish yuritish“ (27-bet) qoʻllanmasida ham sanalar (YYYY-yil KK-oy) shakli qoʻllanishi koʻrsatilgan ekan. BEKIPEDIYA [munozara] 14:16, 10-Iyul 2024 (UTC)
  14.  Roziman. Haqiqatdan ham hammaga qulay boʻlar edi. Lili (suhbat) 14:33, 10-Iyul 2024 (UTC)
  15.  Roziman — kundalik hayotda ham taklif qilinayotgan formatdan foydalanamiz koʻproq. Vikipediyadaa ham shu formatga oʻtsak yaxshi boʻlar edi. Hasan Xamidovich (munozara) 18:06, 10-Iyul 2024 (UTC)
  16.  Roziman. Malikxan munozara 04:19, 11-Iyul 2024 (UTC
  17.  RozimanPanPanChik #yozish 04:43, 13-Iyul 2024 (UTC)

Qarshilar yoʻq. Phabricatorda tegishli soʻrov yaratildi.

Malikxan munozara 05:25, 11-Iyul 2024 (UTC)

AT uskunasidan foydalanish uchun cheklov oʻrnatish

[manbasini tahrirlash]

Hammaga salom. Mana shu fikrlar boʻyicha taklifga binoan alohida munozara ochdim. Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjimadan foydalanish huquqi qoldirilgan edi. UzWikida ham patrullovchi yoki eski holiga qaytaruchi va undan yuqori statusni olgan foydalanuvchilarda AT uskunasidan foydalanish huquqi qoldirilishini taklif qilaman. Hurmat bilan, Umarxon III (munozara) 11:22, 4-May 2024 (UTC).

  • Goʻzal ish boʻlardi aslida. Ammo… Yangi foydalanuvchilarning hammasi ham kod orqali maqola yaratishni yaxshi bilmaydi. Yana bir tarafi – Google tarjimon orqali baribir oʻsha gʻaliz jumlalar koʻchirib oʻtkazilishi mumkin (Kopi-past qilib). Hasan Xamidovich (munozara) 11:45, 4-May 2024 (UTC)
  • Juda-juda yaxshi taklif. Uzoq oʻyladim va shu eng toʻgʻri yechim ekanini xulosa qildim. Ayni damda ruwikida chindan avtopatrullangan huquqiga ega boʻlmagan foydalanuchi tarjima qilmoqchi boʻlsa, «В русской Википедии использование инструмента перевода доступно только автопатрулируемым» degan ogohlantirish chiqadi va tarjima maqolani chop eta olmaydi. „WikiStipendiya“ doirasida oʻta sifatsiz tarjima maqolalar yaratilayotgan bir paytda eng toʻgʻri yechim shu boʻladi. Barchani faol fikr bildirishga chorlayman. Nataev munozara 23:55, 6-Iyul 2024 (UTC)
  • AT borasida Umarxon III berayotgan ushbu taklifni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman. Jamshid Nurqul (munozara) 00:11, 7-Iyul 2024 (UTC)
  •  Roziman Umarxon III bergan takliflarini toʻliq qoʻllab quvvatlayman, Vikipediya uchun manfaatli boʻladi albatta.Axadjon1 (munozara) 01:56, 7-Iyul 2024 (UTC)
  • Men ham boshida ikkilangan edim bu taklifga rozilik berishga. Lekin hozirgi sifatsiz tarjimalardan keyin bu ikkilanishim yoʻqoldi. Taklifni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman. – Hasan Xamidovich (munozara) 02:41, 7-Iyul 2024 (UTC)
  • AT borasida juda yaxshi taklif. Soʻnggi paytda avtomat tarjimalar va avtomat tarjima qiluvchilar soni oshib borayotganligi sababli ushbu taklifni amalga oshirilishi tarafdoriman.Panda D (munozara) 06:46, 7-Iyul 2024 (UTC)
  • Dono taklif. Qoʻllab-quvvatlayman. Kagansky munozara 14:32, 7-Iyul 2024 (UTC)
  • Vikipediyamiz sifati uchun qoʻllab quvvatlayman. ANJANIY#gurung 17:29, 9-Iyul 2024 (UTC)
  • Juda zoʻr taklif, qoʻllab-quvvatlayman. YouTube ga joylangan AT orqali maqola yaratish haqidagi videodarslik oʻchirilsa ham juda goʻzal ish boʻlardi, menimcha. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 17:31, 9-Iyul 2024 (UTC)
    Videoni oʻchirmay, shunchaki yashirib qoʻyishimiz mumkin. Boshqalar ham bu taklifni qoʻllasa, shunday qilamiz. Nataev munozara 17:34, 9-Iyul 2024 (UTC)
    @MirfayzbekAbdullayev, bergan taklifingiz oʻrinli, videoni yashirib qoʻysak ham foyda koʻproq boʻlishi mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 17:40, 9-Iyul 2024 (UTC)
  • ushbu taklifni qoʻllab-quvvatlayman. wikitolog (munozara) 17:36, 9-Iyul 2024 (UTC)
  • Qoʻllab-quvvatlayman UzbekistanWikiEditor (munozara) 17:44, 9-Iyul 2024 (UTC)
  • Qoʻllab-quvvatlayman. Humoyun Qodirov (munozara) 17:47, 9-Iyul 2024 (UTC)
  • Yaxshi boʻlardi. Manba kodi sifatida maqola yaratish ancha havfsizroq AT borasida. Menimcha, shundagina haqiqiy maqola yozgandek boʻladi kishi)). Divergent08 (munozara) 18:01, 9-Iyul 2024 (UTC)
  • Sifat eng muhumi. Abilqosimova (munozara) 23:15, 9-Iyul 2024 (UTC)
  • Muhim qadamni  qoʻllab quvvatlayman Mirishkorlik (munozara) 20:48, 9-Iyul 2024 (UTC)
  • Juda manfaatli taklif boʻlibdi. Qoʻllab quvvatlayman! Muxriddin Azimov (munozara) 00:41, 10-Iyul 2024 (UTC)
  • Umarxon III ni taklifi oʻrinli taklif men ham  qoʻllab quvvatlayman   Mirzoulugʻbek |@  13:12, 10-Iyul 2024 (UTC
  •  RozimanBEKIPEDIYA [munozara] 14:20, 10-Iyul 2024 (UTC)
  •  RozimanArtemev Nikolay (munozara) 10:20, 12-Iyul 2024 (UTC)
  •  RozimanPanPanChik #yozish 15:53, 12-Iyul 2024 (UTC)
  •  RozimanVisola Tangirova(menga yozish!) 05:34, 13-Iyul 2024 (UTC)
  • Fikrimcha, bu yaxshi taklif, ammo AT qilaman degan odam tarjima sahifasi boʻlmagan taqdirda ham qiladi. Hozir tarjima sahifasida hech boʻlmaganda 85 foizdan kam o'zgartirilmagan matnni chop qilib boʻlmaydi, ammo manba kodidan yaratganda Googledan tarjima qilib, hech qanday oʻzgartirishsiz chop qila oladi. Bu esa AT ni yanada koʻpayishiga olib keladi.

Tarjima sahifasida manbalar avtomat koʻchiriladi, toʻgʻridan-togʻri, manba kodidan yaratganda shu manbalarni koʻchirib oʻtkazish mushkul. Tarjima sahifa nisbatan boʻlsa ham maqolani hech boʻlmaganda ko'rinishini saqlab qoladi. Tarjima sahifasi cheklanishi maqoladagi manbalar va uni tashqi koʻrinishi, ba'zi jadvallari, xattoki bilgiquti ham manba kodi qilib yaratilganda qiyin boʻlganligi uchun qilinmaydi, qilinsa ham "qoʻl uchida", bormi bor degandek qilinadi. Bu esa maqolalarni sifatini qaytanga tushiradi deb oʻylayman. Lili (suhbat) 07:05, 18-Iyul 2024 (UTC)

Salom, lekin manba ko‘chirishni yana oson yo‘li bor enwikidan bo‘lsa vizual tahrirga o‘tib so‘ng manbani Ctrl+C orqali olib uzwikidagi maqolaga Ctrl+v qilib tashlasak hech qanday muammolarsiz o‘tadi. Ko‘p mashina tarjimasidan foydalanilganda qizil bo‘lib chiqib qoladi, lekin copy paste qilganda bu muammo kuzatilmaydi. O'ylaymanki bu muamkmoga yechim topidh muammo bo'lmaydi. MrShaxas #Munozaracha 08:35, 18-Iyul 2024 (UTC)

Dastlabki xulosa

[manbasini tahrirlash]

Hammaga rahmat! Qarshilar yoʻq.

Уважаемые Tchenand, wanderer и Rich Flight22, как в рувики, хотим подключить функцию машинного перевода из других языковых разделов только для тех, у кого есть флаг автопатрулируемого. Не подскажите как вы это реализовали? На Фабрикаторе ничего не нашёл. Nataev munozara 23:27, 17-Iyul 2024 (UTC)

Malikxan allaqachon soʻrov yaratibdi. Katta rahmat! Nataev munozara 20:09, 18-Iyul 2024 (UTC)

Turkumlarni tartibga keltirish haqida

[manbasini tahrirlash]
  • Turkum:Mamlakatlarga koʻra oshxonalar,
  • Turkum:Mamlakatlarga binoan oshxonalar
  • Turkum:Mamlakatlar boʻyicha oshxonalar

Mana shu soʻzlarni birini tanlab hamma oʻz bilganidek yozmasdan bir kelishimga kelib turkumlarni tartibga keltirish kerak deb oʻylayman sizlar ham oʻz fikringizni bildirsangiz. Mening fikrimcha uchinchi variantni tanlab olishimiz toʻgʻri boʻladi. Sababi bu variant hudud-joy nomlari bilan birga kelib, harakat, hodisa yoki voqeaning shu joyga taalluqli ekanligini bildiradi.   Mirzoulugʻbek |@  14:18, 3-Iyun 2024 (UTC)

Shunindek Vas okrugidagi aholi punktlari kabi turkumlar ko'payib ketgan "dagi" qo'shimchasi qo'shilganidan so'ng Vas okrugidagi aholi punktlar bo'lishi kerak, yoki Vas okrugi aholi punktlari boʻladi mana shu kabi har kim oʻziga maqul kelganini yozishni toʻxtatib, bir kelishimga kelaylik.   Mirzoulugʻbek |@  05:58, 21-Iyun 2024 (UTC)
"boʻyicha" yaxshi variant. Jamshid Nurqul (munozara) 22:04, 6-Iyul 2024 (UTC)
„Boʻyicha“ variantiga toʻliq oʻtishni qoʻllayman. Hozirda „boʻyicha“ 3,5k, „koʻra“ esa 6,2k marta qoʻllanilgan. Bizga bir xillik kerak. Nataev munozara 23:34, 6-Iyul 2024 (UTC)
  1. „Boʻyicha“ variantiga  Roziman. Ibrohimjon 02:08, 7-Iyul 2024 (UTC)
  2.  Roziman — „boʻyicha“ varianti menga ham maʼqul. BEKIPEDIYA [munozara] 05:08, 9-Iyul 2024 (UTC)
  3. „Boʻyicha“ varianti ko'proq gaplarda qo'llashga mos kelar ekan  Roziman. Mirishkorlik (munozara) 13:30, 11-Iyul 2024 (UTC)
  4.  Roziman„Boʻyicha“ varianti maqul, shuni qoʻllasak yaxshi — Axadjon1 (munozara) 03:22, 13-Iyul 2024 (UTC)

Oʻzbekcha muqobili mavjud boʻlgan ismlar transliteratsiyasi boʻyicha yangi qoida/yoʻlkoʻrsatkich joriy qilish

[manbasini tahrirlash]

Hammaga salom, hurmatli administratorlar (Abdulla, Alpasli, Amir.Temur, Artemev Nikolay, Casual, Kagansky, Laziz Baxtiyorov, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Muxriddin Azimov, Nataev, Nataeva, Panpanchik, Xusinboy Bekchanov) va faol foydalanuvchilar, oʻzbekcha Vikipediyadagi koʻplab maqolalar asosan ingliz tilidan tarjima qilinishi hech kimga sir emas. Inglizcha Vikipediyada, umuman, ingliz tilida Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika (xususan, Afgʻoniston, Eron, Pokiston, arab mamlakatlari, Sharqiy Turkiston va b.) hududlaridan chiqqan mashhur shaxslarning (siyosiy arboblar, sportchilar va b.) ismlari ingliz tili qoidalari asosida lotinlashtirilishi ham barchamizga maʼlum. Shu hududlardan chiqqan Ensiklopedik ahamiyatga ega shaxslar/mavzular haqidagi maqolalarda ingliz tilidan oʻzbekcha muqobili mavjud, oʻzbeklar uchun begona boʻlmagan ismlar ham Gʻarbga xos koʻrinishda olib oʻtilmoqda. Masalan: Mohamed Salah, Sayed Tahir Shah, Nader Joukhadar, Rabia ibn Umayya, Kader Abdolah, Hossein Zamani. Lekin agar shaxs haqida oʻzbek OAVda yoritilgan boʻlsa, ismning inlizcha emas, oʻzbekcha muqobili olinmoqda, misollar: Abdul Gʻani Barodar (inglizchasi: Abdul Ghani Baradar), Haybatulloh Oxundzoda (inglizchasi: Hibatullah Akhundzada). EAga ega shaxsning ismi, agar oʻzbekcha muqobili mavjud boʻlsa-yu, oʻzbek OAVda u haqida yoritilmagan boʻlsa ham, ismning oʻzbekcha muqobilini yozsak, bu ishimiz VP:MTT qoidalariga zid boʻlmaydi, deb hisoblayman.

Yuqoridagi fikrlar asosida bir yoʻlkoʻrsatkich yaratsak, unda bir jadval qilib ismning inglizcha (yoki boshqa biror tilda) yozilishi va uning oʻzbekcha muqobili tavsiya tarzida yozib borilsa yaxshi boʻlardi. Biror foydalanuvchida jadvalga kiritilmagan ism borasida savol tugʻilganida oʻsha qoida munozarasida yozib munozara qilishi, munozara yakuniga koʻra oʻsha ismning hammaga maʼqul boʻlgan koʻrinishi jadvalga qoʻshib qoʻyilishi mumkin boʻladi.

Quyida jadval namunasi keltiriladi:

Boshqa tillarda uchrashi Oʻzbekcha muqobili
Abdul Kader Abdulqodir
Abdolah Abdulloh
Hossein Husayn
Kader Qodir
Mohamed Muhammad
Sayed Said (kam hollarda Sayyid)

Hurmat bilan, Jamshid Nurqul (munozara) 22:16, 7-Iyul 2024 (UTC)

  • Yana bir holat, Kavkaz xalqlarida keng tarqalgan ayrim ismlar yozilishi boʻyicha ham kengashib olishimizga toʻgʻri kelarkan, masalan: Xabib Nurmagomedov (hozir maqola shunday nomlangan, yangi qoida kuchga kirsa sportchining ismini „Xabib“ emas, „Habib“ deb yozish kerak boʻladi) maqolasini „Xabib Nurmuhammadov“ deb oʻzgartirish, Magomed Nurbagandov maqolasini „Muhammad Nurbagandov“ deb oʻzgartirish xatolikdek tuyulyapti menga. Shu sababli ayrim ismlarga, ayniqsa avvaldan (SSSR davrida) transliteratsiya qilinmagan, aslicha yoki rus tilidan kirib kelganidek yozilgan ismlar roʻyxatini ham yigʻish kerak boʻlarkan. Rus tilida yozilishi Гамзатов shaklida boʻlgan familiya bizda avvaldan Hamzatov shaklida yozib kelingan, bunday holatlarni ham hisobga olishimiz kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 23:05, 7-Iyul 2024 (UTC)
VP:MNKIga koʻra, originali lotin yozuvida yoziladigan ismlarni ayni damda oʻzidek yozamiz. Siz taklif qilayotgan qoida yaxshi, ammo originali lotin yozuvida boʻlgan ismlarini yozish boʻyicha qoidamizga zid. Masalan, London meri en:Sadiq Khan. Uning ism-sharifini siz taklif qilgandek Sodiq Xon oʻlaroq yozamizmi, VP:MNKI boʻyicha Sadiq Khan? Qachondir 2023-yil kelishilganidek ismlarni toʻliq transliteratsiya qilishga oʻtsak, bu muammolar qisman yechim topadi. Ungacha mana shunaqa boʻtqa boʻladi. Nataev munozara 18:36, 9-Iyul 2024 (UTC)
Bu taklif originali arab va kirill alifbosida yoziladigan ismlar uchun. Originali lotin yozuvida yoziladigan ismlar uchun VP:MNKIga tayanaveramiz. Jamshid Nurqul (munozara) 18:15, 10-Iyul 2024 (UTC)
Ideal yechim emas, ammo nachora. VP:MNKIga qoʻshish mumkin boʻlgan matnni hozirlay olalsizmi? Balki "Originali arab va fors yozuvlarida yoziladigan ismlar" deb nomlash mumkin. Nataev munozara 20:11, 18-Iyul 2024 (UTC)
Mana bu sahifada hozircha test qilib qoralab qoʻyayapman, koʻproq ismlarni toʻplab, jadvalni ham optimalroq koʻrinishga olib kelsam, keyin asosiy nomfazoda eʼlon qilaman. Jamshid Nurqul (munozara) 21:22, 18-iyul 2024 (UTC)[javob berish]
  1. Ushbu qoida Oʻzbekcha Vikipediya uchun yuqori darajada dolzarbligi sabab  Roziman Mirishkorlik (munozara) 16:44, 8-Iyul 2024 (UTC)
  2.  RozimanBEKIPEDIYA [munozara] 05:17, 9-Iyul 2024 (UTC)
  3.  Roziman. Xuddi shu qoidaning bir qismi sifatida yoki alohida qoida sifatida Eron, Afgʻoniston kabi mamlakatlardagi joy nomlarining oʻzbekcha transliteratsiyasi boʻyicha qoida kiritish kerak. Masalan, Kazemabad (Kerman) shahri haqidagi maqolada inglizcha nom toʻgʻridan-toʻgʻri olingan. Lekin forscha transliteratsiyasi qoidasini oʻzbekchaga moslashtirib, shu maqolani Kozimobod (Kirmon) shaklida yozilsa, ham tushunarli, ham toʻgʻri boʻladi, deb oʻylayman. Yoki Kobuldagi mana bu Chār Qala mahallasi haqidagi maqola. Bu yerda Char emas, Chor (forschadan toʻrt deb tarjima qilinadi), Qala emas, qalʼa deb yozish va maqolani Chor qalʼa shaklida nomlash toʻgʻri boʻladi. Fikrim fors tilidagi unlilar boʻyicha transliteratsiya qoidasini ham yuqoridagi jadvalga ilova qilish yoki alohida jadval koʻrinishda chiqarish kerak. Janob Mirzaolim (munozara) 06:11, 9-Iyul 2024 (UTC)
  4.  Roziman Humoyun Qodirov (munozara) 17:45, 9-Iyul 2024 (UTC)
  5.  Roziman   Mirzoulugʻbek |@  13:35, 10-Iyul 2024 (UTC)
  6.  Roziman Ibrohimjon 13:45, 10-Iyul 2024 (UTC)
  7.  Roziman - Zarifboyev (munozara) 03:13, 13-Iyul 2024 (UTC)
  8.  Roziman — Koʻplab chalkashliklarni hal qiladi deb oʻylayman. Devona Jovliyev (munozara) 21:47, 19-iyul 2024 (UTC)[javob berish]

Baʼzi paytlarda maqolalarni oʻchirish tartibini biroz keskinlashtirish toʻgʻrisida

[manbasini tahrirlash]

Hammaga salom, sir emaski 2022-yil 20-may kuni boshlangan marafonning uchinchi mavsumi hanuz davom etyapti. Bu vaqt oraligʻida oʻzbekcha Vikipediyaga yozilgan maqolalarning aksari avtomat tarjima uskunasi yordamida kiritilgan va ularning koʻpi oʻnglab boʻlmas holatdadir. Hozirgi faollarimiz soni kam boʻlgani uchun 2022-yildan buyon yaratilgan maqolalarni bitta-bittalab koʻrib chiqish, xatolarini tuzatib chiqish imkonsizligi ustiga marafonning yangi fasllar bilan davom etishi mavjud mushkulimizni karrasiga oshiradi. 2024-yilning 24–30-iyun kunlari boʻlib oʻtgan „Weekie Hogwarts II“ oromgohida sifat emas, yaqqol son uchun ishlandi. Shu 2024-yilda Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yana ikkita vikioromgoh rejalangan, ularda ham bir kunda minglagan maqola yozilishi, mavjud avtomat tarjima maqolalar kolleksiyamizni yanada boyitishi kutiladigan gap (tashkilotchilar sifatga ishlashni vaʼda berishayotgan boʻlsa ham). Shu faktorlarni, oʻzbekcha Vikipediyaning kelib qolgan manzilini hisobga olgan holda quyidagi takliflarni bildiraman:

1. 2022–2023-yilgi vikimarafon/vikioromgohlar davomida va 2024-yilning iyul oyigacha oʻnglab boʻlmas avtomat tarjima maqolalar yaratgan foydalanuvchilarning hissasini yoppasiga oʻchirish;

2. 2024-yilgi marafon/vikioromgohlar davomida kiritilajak maqolalarning sifatiga qattiqroq qarash va oʻnglab boʻlmas avtomat tarjima maqolalar yaratgan foydalanuvchilarning hissasini yoppasiga oʻchirish;

3. Kuniga 1000 ta va undan ortiq maqola kiritiladigan noodatiy kunlarda maqolalarni oʻchirish tartibini keskinlashtirish va oʻnglab boʻlmas avtomat tarjima maqolalar yaratgan foydalanuvchilarning hissasini yoppasiga oʻchirish.

Balki yuqoridagi uchta band bir-biriga oʻxshash tuyulayotgandir, „bularni bitta band bilan qisqaroq yozish mumkin edi“, deyishingiz mumkin. Lekin har qanday qoidadan „lazeyka“ (tuynuk, „fortochka“) topa oladiganlar uchun imkon boricha yoʻllarni yopish maqsadida shunday qilindi.
Hurmat bilan: Jamshid Nurqul (munozara) 17:22, 12-Iyul 2024 (UTC)

Oromgohlar qachon boshlanib qachon tugashi haqida maʼlumotga egamiz, shu sababdan ayana shu davrda yaratilgan maqolalarni maʼlum turkumga avtomatik tarzda qoʻshib keta olamizmi? Keyinchalik qolib ketgan maqolalarni ham patrullash anchagina osonlik bilan boʻlar edi. MrShaxas #Munozaracha 20:47, 12-Iyul 2024 (UTC)
Oromgoh davrida yaratilgan maqolalarni alohida turkumga olish imkonsiz. Sababi oromgoh davrida oromgohdan tashqarida turib ham maqola kirituvchi foydalanuvchilar boʻladi. Lekin oromgohda ishtirok etgan foydalanuvchilarning oʻzlarini alohida turkumga qoʻshish mumkin, bu ish avvalgi oromgohlarda amalga oshirilgan. Jamshid Nurqul (munozara) 22:17, 12-Iyul 2024 (UTC)
++. Turkumga qoʻshilgan foydalanuvchilarning hissalari orqali AT maqolalarni topish osonroq boʻladi Hasan Xamidovich (munozara) 20:40, 15-Iyul 2024 (UTC)
Nataev, Kagansky, Artemev Nikolay, Laziz Baxtiyorov, Jamshid Nurkulov (Mirzoulug'bek aka, sizni teg qilolmadim.) Men Muhammadxon Yusupov, WikiStipendiya loyihasi menejeriman. "WikiStipendiya" marafoni uchinchi bosqichi (may-noyabr oylarida bo'lib o'tadi) doirasida haqiqatan ham uchta oromgoh rejalashtirilgan va ulardan birinchisi bo'lmish "WeekieHogwarts II" oromgohida juda katta salmoqda maqolalar kiritildi. Ulardan aksarini qisqa maqolalar tashkil qilishi ham bor gap. Ammo keyingi oromgohlarda ham shu masshtabda maqolalar kiritilishi, sifat sonning qurboniga aylanishi mumkinligi haqidagi fikrlar mutlaqo asossiz. Bundan tashkiliy jamoa ham manfaatdor emas: juda qisqa muddat ichida sonning bu qadar yuqorilashi maqolalar sifatiga shubha uyg'oatadi va bu loyiha imijiga yomon ta'sir qiladi. Buni jamoatchilik ham salbiy qarshilashi turgan gap. Shuni ko'ra-bila turib yana qisqa maqolalar yoziladigan ikkita oromgoh uyushtirish va unga ko'p pul sarf qilish "o'zi o'tirgan shoxni arralash"ga o'xshaydi. Biz undaylardan emasmiz.
Men va’da berganimdek keyingi ikki oromgohda nisbatan kattaroq, manbalari nufuzli, turkumlangan, bilgiqutilari saranjomlangan maqolalar kiritish va ayni shunday maqolalar kiritishni rag’batlantirish maqsad qilingan. Endigi oromgohlarda teranlik ko’rsatkichi, tahrirlar soni, faol foydalanuvchilar soni, maqolalar hajmi va mavzusining xilma-xilligi kabi ko’rsatkichlar uchun harakat qilinadi.
Yuqorida o’zbekcha vikipediyadagi qisqa maqolalarni o’chirishga asosiy sabablardan biri sifatida keltirilgan «Keyingi oromgohlarda ham songa urg’u berilishi va sifatga e’tibor bermaslik» haqidagi iddao asossiz ekan, maqolalarni yoppasiga o’chirishni ham to’g’ri qaror deb hisoblamayman.
WikiStipendiya marafoni o’zbekcha vikipediyani ham son, ham sifat jihatidan o’sishi, rivojlanishi tarafdori. Bulardan biriga ikkinchisini toptash evaziga erishilishiga yo’l qo’yilmaydi. MYDesigner (munozara) 13:03, 16-Iyul 2024 (UTC)
Agar maqolalar sifatli yozilishiga ishonar ekansiz, unda bu taklif natijalaridan xavotir olmasangiz ham boʻladi. Bu yerda sifatli maqolalar oʻchirilishi toʻgʻrisida gap ketmayapti. Taklifga qarshilik oʻz soʻzlaringizni inkor qilishingizni bildirishi mumkin. Ushbu taklifga qiziqish bildirganingiz uchun rahmat. Jamshid Nurqul (munozara) 15:56, 16-Iyul 2024 (UTC)
  1. Batafsil va o'rinli taklif. Men  Roziman. --Hasan Xamidovich (munozara) 18:44, 12-Iyul 2024 (UTC)
  2.  Roziman Lili (suhbat) 07:43, 18-Iyul 2024 (UTC)
  3.  Roziman - Rabiga Shabatova (munozara) 13:19, 18-Iyul 2024 (UTC)
  1. Yuqorida keltirgan fikrlarimga ko'ra  Qarshiman. — MYDesigner (munozara) 13:05, 16-Iyul 2024 (UTC)

„Qumloq“ soʻzini „Qoralama“ga oʻzgartirish

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum. Barcha soʻzlarning ham ingliz tilidan tarjima qilingan versiyasi yaxshi boʻlavermaydi. Unga nisbatan alternativ sinonimlar topish kerak. Qumloq balki sandbox uchun shakl jihatdan yaqin tarjimadir, ammo qoralama tarjimasi bajariladigan funksiyalar jihatidan ushbu qismga mos keladi va qoralama deganda yangi kelgan foydalanuvchilarning ham xayoliga birdaniga tajribalar oʻtkazadigan maydon keladi.

Bu taklifga befarq boʻlmaysiz degan umiddaman. Hurmat bilan, Hasan Xamidovich (munozara) 09:00, 16-Iyul 2024 (UTC)

Inglizcha Vikipediyada draft tushunchasi ham mavjud. Hali yetarlicha tajribaga ega boʻlmagan foydalanuvchilarning maqolalari draft oʻlaroq chop etiladi va asosiy fazoda koʻrinmaydi. Draft bizdagi qoralamaga mos kelishini hisobga olgan holda bu taklifni maʼqul deb hisoblamayman. Garchi ayni vaqtda oʻzvekcha Vikipediyada Qoralama tushunchasi boʻlmasa ham kun kelib yangi foydalanuvchilarga cheklov qpyish uchun bu atama Vikipediyaga kiritiladi. PanPanChik #yozish 10:24, 16-Iyul 2024 (UTC)
"Qumloq" oʻzi xato tarjima boʻlishi mumkin. Vikilugʻatga koʻra, песочница "qumloq" emas, "qumdon" boʻladi. Ruwikidagi kabi, "sandbox" soʻzini "qoralama" oʻlaroq olib, "draft" nomfazosini (yaratiladigan boʻlsa) esa "inkubator" oʻlaroq olish mumkin. Nataev munozara 02:32, 17-Iyul 2024 (UTC)
Aynan. Ruwikida ham "qoralama" shaklida olingan. Hasan Xamidovich (munozara) 19:00, 17-Iyul 2024 (UTC)
Ammo hozir bunga katta ehtiyoj yoʻqdek. Birdaniga Maxsus:Search kabi sahifalarni ham oʻzbekchaga oʻgirish kerak. Buning uchun roʻyxat tuzish kerak boʻladi. Nataev munozara 20:14, 18-Iyul 2024 (UTC)

Vikipediya:Maqolalar indeksi sahifasining strukturasini oʻzgartirish

[manbasini tahrirlash]

Hozirda Vikipediya:Maqolalar indeksi strukturasining vertikal holati oʻzbek lotin alifbosi, gorizontal holati oʻzbek kirill alifbosiga asoslangan. Ikkala holatini ham oʻzbek lotin alifbosiga mos tarzda oʻzgartirishni taklif etaman. — Kagansky munozara 10:54, 19-iyul 2024 (UTC)[javob berish]