Mariya Kunits
![]() | Bu maqola ayni damda Tuxtamuratova Dilnoza 19:43, 9-iyul 2024(UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 14:56, 9-Iyul 2024 (UTC) (27 soniya avval) da tahrir qilingan. |
Maria Kunitz | |
---|---|
A memorial to Maria Cunitz in Świdnica, Poland | |
Tavalludi |
1610-yil Vohlau |
Vafoti |
1664-yil 22-avgust (54-yosh) Pitschen, Legnitsa gersogligi,Rim imperiyasi |
Fuqaroligi | Muqaddas Rim imperiyasi |
Mashhur ishlari | Urania propitia |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Mariya Kunits yoki Mariya Kunitia (boshqa ma'lumotlarda: Kunicia, Kunitzin, Kunic, Kunitiae, Kunicka ko'rinishida ham keladi. Tavalludi 1610-yil, o'limi 1664-yil 22-avgust) - sileziyalik mohir astronom. Mariya Kunits "Erta zamonaviy davr"ning eng ko'zga ko'ringan ayol astronomi bo'lgan. U "Urania propitia" kitobini yozgan, unda yangi jadvallar va sayyoraning elliptik yo'nalishidagi o'rnini aniqlash uchun Keplerning ikkinchi qonuniga oddiyroq yechimni taqdim etilgan. Venera sayyorasidagi Kunits krateri uning nomi bilan atalgan. Kichik sayyora 12624 Mariacunitia uning sharafiga nomlangan.
Urania propitia
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Urania propitia "- Kunitz tomonidan yaratilgan eng mashhur va barchaga uchun foydali asarlardan biridir. Uning kosmologik qarashlari,Tycho Brahe va Johannes Kepler kabi boshqa buyuk, dastlabki astronomlarning ishlari kabi astronomiya sohasi uchun muqaddima bo'lgan. Urania propitia - bu har bir sayyoralarning uzunlik va kengliklarini, shuningdek ularning boshqa parametrlarini ham aniqlash imkonini beradigan jadvallar sahifalarining juda katta kvartori". Biroq, Kunitz kichik koeffitsiyentlarni qoldirib ketgani "Urania propitia"da kichik xatolar bo'lishiga olib keldi. "Urania propitia" insonlarni o'qishi qulay bo'lishi maqsadida lotin va nemis tillarida chop etilgan.
Mariyaning ikkinchi eri "Elias von Lowen" "Urania propitia" uchun dastlabki so'zni yaratdi. Eliasodamlar Urania propitia kitobini faqat Mariyaning o'zi tomonidan yaratilganligini bilishini xohlagan. Elias Urania propitia yozishda o'zining ishtirok etmaganligini ham qayd etishni xohlagan, ammo u o'z xotini Mariyani doimiy ravishda qo'llab-quvvatlaganligini yozib qoldirgan.[1]
"Urania propitia" Keplerning muammosiga yangi jadvallar va yanada mukammal yechimlarni taqdim etadi, uning bu yechimlari sayyoraning vaqt funksiyasi sifatida joylashuvini aniqlash imkonini yaratadi. Bugungi kunda uning kitobi nemis ilmiy-adabiy tilining rivojlanishiga katta hissa qo'shganligi tan olingan.
Urania propitia XVII asrning oxirida astronomiya sohasiga katta ta'sir ko'rsatmadi. Bu holatga katta hissa qo'shgan Kunitz o'z asarini Olesnikadagi alohida uncha mashxur bo'lmagan bosmaxonada nashr etganligi va Urania propitia nusxasi faqat bir necha nusxada nashr etilganligi sababdir. Ancha vaqtgacha hech kim, hech bir olim o'z asarlarida "Urania propitia" haqida eslatmagan, faqat o'rta asrdagi parijlik Ismail Boulliau ismli astronom o'zining asarida eslatib o'tadi.[2] Biroq, Boulliau "Urania propitia haqida faqatgina fikr bildirdi va o'zining ishini Kunitzning ishiga qaraganda yaxshiroq va aniqroq deb hisoblashini aytgan".
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Wroclawning raqamli kutubxonasi
- Hatch, Robert Alan, Florida universiteti Mariya Cunitz haqida veb-sahifaFlorida universiteti Mariya Cunitz veb-sayti
- Ilmlar tarixi to'plamlari, Oklahoma universiteti kutubxonalari
Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Cunitz, Maria" Encyclopædia Britannica (11chi nashri) Cambridge University Press
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Cunitz, Maria. "Urania propitia, sive Tabulæ Astronomicæ mirè faciles, vim hypothesium physicarum à Kepplero proditarum complexae; facillimo calculandi compendio, sine ullâ logarithmorum mentione paenomenis satisfacientes; Quarum usum pro tempore praesente, exacto et futuro succincte praescriptum cum artis cultoribus communicat Maria Cunitia. Das ist: Newe und Langgewünschete, leichte Astronomische Tabelln, etc.", Oels, Silesia,1650.
- ↑ Sigrid Dienel: Die Pestschrift des schlesischen Arztes Heinrich Cunitz (1580–1629) aus dem Jahr 1625: ein zeitgenössisches medizinisch-pharmazeutisches Dokument? : eine vergleichende Untersuchung mit Pestschriften aus dem 16. und 17. Jahrhundert, 2000