Kontent qismiga oʻtish

Burmali-palaxsali tog'lar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Burmali-palaxsali togʻlar – ularni qaytadan yoshargan togʻlar deb atashadi. Ular dastlab, koʻtarilgandan soʻng, yemirilib past togʻga aylangan. Yoshargan togʻlar mintaqasi platformalarning turli yoshdagi koʻtarilgan qismlarini oʻz ichiga oladi. Kembriydan oldingi koʻhna platformalarda Hindiston yarim orolidagi Gatt togʻlari, Arabiston yarim oroli va Markaziy Afrikadagi togʻ tizmalari va h.k.lar paydo boʻlgan.

Paleozoy platformalaridagi qayta togʻ paydo boʻlish jarayoni

Cherskiy togʻlari mezazoy erasida qayta koʻtarilgan boʻlsa,Tyanshan, Oltoy, Sayan togʻlari Alp togʻ burmalanish bosqichida qayta koʻtarilgan. Binobarin, Tyanshan togʻ tizmasi dastlab, kaledon va gersin togʻ burmalanish bosqichlarida koʻtarilgan bolib, keyingi tektonik harakatlar taʼsir etmagan va tashqi kuchlar taʼsirida yemirilgan. Alp togʻ burmalanish bosqichida esa qayta koʻtarilgan.

Platformalar plastik (elastik) emasligi sababli ulardagi togʻ paydo boʻlish harakatlari burmalar hosil qilmaydi, aksincha yer poʻsti yorilib, alohida massivlarga (palaxsalarga) boʻlinib ketadi. Bu massivlarning baʼzilari koʻtarilib, baʼzilari choʻkadi.

Burmali-palaxsali togʻli oʻlkalar Ural, Appalachi, Avstraliya Alpi togʻlarida birmuncha keng tarqalgan. Koʻpgina yoshargan togʻlar Tyanshan, Oltoy, Sayan togʻlari juda murakkab strukturaga ega. Ular balandligiga va relyefining xilma-xilligiga koʻra Alp tipidagi burmalangan togʻlardan qolishmaydi. Tyanshandagi Xontangri choʻqqisi 6995 m, Oltoydagi Beluxa choʻqqisi 4517 m ga yetadi. Yoshargan togʻlarda ham burmali togʻlardagi kabi denudasiya jarayonlari roʻy beradi va geomorfologik balandlik mintaqalari vujudga keladi. Baland burmali-palaxsali togʻ tizmalari baland togʻga xos denudatsiya jarayonlari taʼsirida tipik alp tipi relyefini hosil qiladi.

Umumiy yer bilimi (H.Vahobov, Oʻ.Abdunazarov va b.).pdf

Baratov P.,Sultanova N. B. Umumiy Yer bilimi-Toshkent,2019-yil .pdf