Kontent qismiga oʻtish

Anvar Ikromov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anvar Salihovich Ikromov
O‘zbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi
Mansab davri
1988-yil 21-oktyabr – 1989-yil 7-oktyabr
Avvalgisi Rajabov Nazir Rajabovich
Keyingisi Abdurahmonov Po‘lat Majitovich
Oʻzbekiston SSR yengil sanoat vaziri
Mansab davri
1989-yil – 1991-yil
Avvalgisi Iskandar Taymazov
Keyingisi lavozim tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1934-yil
Vafoti 2024-yil fevral
Siyosiy partiyasi KPSS

Anvar Salihovich Ikromov – Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi[1]. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi.

Ikromov Anvar Salihovich 1934-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Ikromov Toshkent Toʻqimachilik instituti hamda Toshkent oliy partiya maktabini tugatgan[1].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikromov 1958-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1958-1991-yillarda – Toshkent viloyatidagi jut-kenaf fabrikasi ustasi, boshliq oʻrinbosari, „Zarya Vostoka“ zavodi sehi boshligʻi, badiiy mahsulotlar zavodi bosh muhandisi, konstruktorlik byurosi bosh muhandisi vazifalarida mehnat qilgan. Shuningdek, Ikromov Anvar „Yulduz“ kiyim-kechak fabrikasi bosh muhandisining oʻrinbosari[2], partiya qoʻmitasi kotibi, charm-moʻyna fabrikasi direktori, shahar komiteti boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Hamza tuman qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimlarida ham ishlagan. Qolaevrsa, Ikromov Anvar Salihovich Ukraina Kompartiyasi (KP) boʻlim mudiri, kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR yengil sanoat vaziri[3] ham boʻlgan.

Davlat va siyosat arbobi Ikromov Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10-va 11-chaqiriqlari deputati, SSSR xalq deputati etib saylangan.

Anvar Ikromov 2024-yil fevral oyida Toshkent shahrida vafot etgan.

  1. 1,0 1,1 [http://supsov.narod.ru/HTML/D768.HTML „ИКРАМОВ Анвар Салихович“]. supsov.narod.ru. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  2. „Ташкентское акционерное общество открытого типа (АООТ) «Юлдуз»“. uzts.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  3. „История: Руководители текстильной промышленности Узбекистана“. uzts.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.