Kontent qismiga oʻtish

Burmali-palaxsali tog'lar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
9-iyul 2024, 22:10 dagi Tuxtamuratova Dilnoza (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Burmali-palaxsali tog'lar - ularni qaytadan yoshargan tog'lar deb atashadi. Ular dastlab, ko'tarilgandan so'ng, yemirilib past tog'ga aylangan. Yoshargan tog'lar mintaqasi platformalarning turli yoshdagi ko'tarilgan qismlarini o'z ichiga oladi. Kembriydan oldingi ko'hna platformalarda Hindiston yarim orolidagi Gatt tog'lari, Arabiston yarim oroli va Markaziy Afrikadagi tog‘ tizmalari va h.k.lar paydo bo'lgan.

Paleozoy platformalaridagi qayta tog' paydo bo'lish jarayoni

Cherskiy tog'lari mezazoy erasida qayta ko'tarilgan bo'lsa,Tyanshan, Oltoy, Sayan tog'lari Alp tog' burmalanish bosqichida qayta ko'tarilgan. Binobarin, Tyanshan tog' tizmasi dastlab, kaledon va gersin tog' burmalanish bosqichlarida ko'tarilgan bolib, keyingi tektonik harakatlar ta’sir etmagan va tashqi kuchlar ta’sirida yemirilgan.Alp tog' burmalanish bosqichida esa qayta ko'tarilgan.

Platformalar plastik (elastik) emasligi sababli ulardagi tog' paydo bo'lish harakatlari burmalar hosil qilmaydi, aksincha yer po'sti yorilib, alohida massivlarga (palaxsalarga) bo'linib ketadi. Bu massivlarning ba’zilari ko'tarilib, ba’zilari cho'kadi.

Burmali-palaxsali tog'li o'lkalar Ural, Appalachi, Avstraliya Alpi tog'larida birmuncha keng tarqalgan. Ko'pgina yoshargan tog'lar Tyanshan, Oltoy, Sayan tog'lari juda murakkab strukturaga ega. Ular balandligiga va relyefining xilma-xilligiga ko’ra Alp tipidagi burmalangan tog'lardan qolishmaydi. Tyanshandagi Xontangri cho'qqisi 6995 m, Oltoydagi Beluxa cho'qqisi 4517 m ga yetadi. Yoshargan tog'larda ham burmali tog'lardagi kabi denudasiya jarayonlari ro'y beradi va geomorfologik balandlik mintaqalari vujudga keladi. Baland burmali-palaxsali tog' tizmalari baland tog‘ga xos denudatsiya jarayonlari ta’sirida tipik alp tipi relyefini hosil qiladi.

Havolalar

Manbalar

Umumiy yer bilimi (H.Vahobov, O'.Abdunazarov va b.).pdf

Baratov P.,Sultanova N.B. Umumiy Yer bilimi-Toshkent,2019-yil .pdf